"Roma" armanistonlik futbolchini olib qolmoqchi

10 iyun 2020, 22:40
Football Italia nashri xabar berishicha, ijara asosida "Roma"da to'p tepayotgan "Arsenal" futbolchisi Genrix Mxitaryan yana bir yilga Rimda qolishi mumkin.

"Jallorossilar" allaqachon London klubiga yarim himoyachining ijara muddatini uzaytirish borasida murojaat qilishgan.

Eslatib o'tamiz, Mxitaryanning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan. U joriy mavsum 13 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 6 gol, 3ta golli uzatmani yozdirib qo'yishni uddaladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia