"Roma" Alisson uchun "Liverpul"dan qancha pul so'rashi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
30 may 2018, 11:56
"Liverpul" "Roma" darvozaboni Alissonni xarid qilish uchun Rim klubi bilan bog'landi.

Mersisaydliklar braziliyalik darvozabonga "Real"ga qarshi bahsdan oldin ham qiziqish bildirgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Roma" 90 mln. evro evazigagina o'z posbonini qo'yib yuborishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 2018 yilning yanvarida "Liverpul" "Roma"ga darvozabon uchun 68 mln. evro to'lashdan bosh tortgan edi. So'nggi mavsum Alison A Seriyaning 37ta o'yinida maydonga tushib, 28ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian