"Roma" Abraxamga 9-raqam, o'yin vaqti va 4,5 mln evro maosh taklif qildi, hujumchi esa Rim klubiga o'tishni xohlamayapti

Alisher
13 avg 2021, 10:16
"Roma" sport direktori Tyago Pinto "Chelsi" hujumchisi Temmi Abraxam bilan uchrashdi.

Rim klubi 23 yoshli angliyalik futbolchiga 9-raqam, o'yin vaqti va bir mavsum uchun 4,5 million evro maosh taklif qildi.

Ammo, Abraxam barcha variantlarni o'ylab olish uchun ko'proq vaqt oldi. U shuningdek "Arsenal"ga o'tish variantini ko'rmoqda, uning oilasi "kanonirlar"ga muxlislik qiladi va u Londondan ketish kerakligiga ishonch komil emas.

Eslatib o'tamiz, Abraxam "Chelsi" tarbiyalanuvchisi. U 2020/21 yilgi mavsum 32ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport