"Roma" 1991 yildan beri ilk bor Evrokubok finalida o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
6 may 2022, 07:36
"Roma" 31 yil ichida birinchi marta Evrokubok finalida o'ynaydigan bo'ldi.

Joze Mourinyo shogirdlari Konferenciyalar ligasi yarim finalida "Lester" to'sig'idan o'tishdi. 

Rimliklar so'nggi marotaba 1990/91 yilgi mavsumda finalgacha yetib borganlar - o'shanda jamoa UEFA kubogi finalida "Inter"ga mag'lub bo'lgan. 

Bu safar "Roma"ning finaldagi raqibi "Feyenoord" bo'ladi. 

O'yin 25 may kuni Tiranada o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta Sports