Roys “Borussiya” bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2015, 08:38
Dortmundning “Borussiya” klubi yetakchisi Marko Roys jamoani almashtirmaslikka qaror qildi.
Yarim himoyachi amaldagi shartnomasini 2017 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirdi va bu bilan o'zining transferi yuzasidan tarqalgan turli gap-so'zlarga chek qo'ydi.

Shartnomaning imzolangani haqidagi xabar rasman shu oyning oxirlarida e'lon qilinishi aytilmoqda. Yangi kelishuvga ko'ra, Marko Roys bir yilda mukofot pullari bilan qo'shib hisoblaganda 25 million evro maosh oladi. Jarohati sabab futbolchi joriy mavsumda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru