Rojersni ishdan bo'shatish "Lester"ga qimmatga tushadi

Sherzod Nurmatov
20 sen 2022
"Lester" bosh murabbiy Brendan Rojersni iste'foga chiqarishga shoshilmayapti, chunki bu holatda klub mutaxassisga katta miqdorda tovon puli to'lashiga to'g'ri keladi, deb xabar berdi "The Sun".

Manbaga ko'ra, 2025 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish "tulkilar"ga 11,5 million evroga tushadi.

Eslatib o'tamiz, "Lester" joriy mavsum startini muvaffaqiyatsiz o'tkazib, 7 turda 1 ochko jamg'arib, Angliya chempionati turnir jadvalida so'nggi, 20-o'rinni egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun