Rojers: "Yevropa ligasida tajriba kerak bo'lgan futbolchilar o'ynaydi"

Aslanov Jasurbek
17 sen 2015, 15:18
"Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rojers "Bordo"ga qarshi Yevropa ligasi o'yinidan oldin, yoshlarga ishonch bildirayotganini ma'lum qildi.

"Jamoa qo'l ostimda birinchi marotaba Yevropa ligasida o'ynaganida men tajribaga muhtoj futbolchilardan foydalanganman. O'shanda birinchi o'rinni egallab, pley-offga chiqqanmiz. Bu safar ham shunday qilamiz. Yaqin oylar davomida ko'p o'yin o'tkazishimiz kerak, shu sababli har bir futbolchini ishga solaman. Jamoamizning har bir tarkibi g'alaba qozonishga qodir.

"Bordo" bilan o'ynash oson emas. Ularning PSJga qaro'i o'yinini ko'rdim. Ular tezkor va qarshi hujumga tayangan o'yinni xush ko'radi. Hozir jamoanining formasini yuqori darajaga olib chiqmoqchiman" - deydi Rojers.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com