Rodjers: "Suares jamoadan uzr so'rashi shart"

"Liverpul" bosh murabbiyi Brenden Rodjersning aytishicha, Luis Suares jamoadoshlari bilan birga mashg'ulot o'tkazishi uchun, avvalo, ulardan uzr so'rashi lozim.

"Avvalo, u klub va jamoadoshlaridan kechirim so'rashi kerak bo'ladi", deydi Rodjers Suares endi nima qilishi haqidagi savolga javob berar ekan.

"Men u bilan yaqinda ko'rishdim. U hozir biz bilgan o'sha Suares emas. Men muxlislar va qolgan futbolchilarni yonini olib shunday deyapman. Chunki ular bundan yaxshiroq munosabatga munosiblar".

"U bir necha kun faqat bir o'zi mashg'ulot o'tkazdi. Jamoa esa alohida ishladi".

"U terma jamoasi bilan Yaponiyadan qaytganidan so'ng, jamoadan uzr so'rashi kerak".

"Biz Norvegiyadaligimizda men Jon Genri (jamoa xo'jayini) bilan gaplashdim. Biz hammamiz bir fikrdamiz. U "Arsenal"ga o'tmaydi. Bu - aniq. Biz uni jamoada olib qolamiz", dedi "Liverpul" ustozi.


Manba: skysports.com