Rodrigo: "Real" hali ishlashi kerak bo'lgan jihatlar bor"

Sherzod Nurmatov
11 dek 2025
"Real" hujumchisi Rodrigo Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 6-turida "Manchester Siti"dan (1:2) uchralgan mag'lubiyatdan keyin fikr bildirdi.

"Hammamiz juda xafamiz. Nimadir yetishmadi. O'ylashimcha, birinchi taymda juda yaxshi o'ynadik va bu bizga 1:0 hisobida oldinga chiqish imkonini berdi. Ammo bu ustunlik etarli bo'lmadi. Biz hali ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor. Hammamiz bilamizki, bunday o'yinlarda natijani eng kichik detallar hal qiladi. Va aynan shunday ham bo'ldi", – dedi Rodrigo.

"Real" 12 ochko to'plagan va Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi. La Ligada esa madridliklar 2-o'rinda, yetakchi "Barselona"dan 4 ochko orqada bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com