Rodrigo: "Messi haqida gapirishimga "Real" ruxsat bermaydi"

Оқил Абдубарноев
30 noya 2023
"Real Madrid" hujumchisi Rodrigoga YCHL guruh bosqichi doirasida "Napoli"ga qarshi uchrashuvdan keyin jurnalistlar Messi haqida savol berishdi.

2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi Braziliya - Argentina o'yinida Rodrigo Messi bilan bahslashib qoldi. Jurnalistlar mazkur holatga oydinlik kiritishni so'raganida, hujumchi bunga izoh berishdan bosh tortdi.

"Bu haqda gapira olmayman? Nega? Chunki "Real Madrid" ruxsat bermaydi", dedi futbolchi jilmayib


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca