Rodri "Real" haqida: "Mardonavor mag'lub bo'lishni ham bilish kerak"

Mirjalol Normatov
29 noya 2024, 01:23
"Manchester Siti" futbolchisi Rodri "Real" klubining "Oltin to'p" topshirish marosimiga boykot e'lon qilgani haqida gapirdi.

"Shaharliklar" futbolchisi "France Football" talqiniga ko'ra, yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi va "Oltin to'p" sovrinini qabul qilib oldi. Madrid klubi vakillari Vinisius Juniorning sovrinni olmasligini bilib, marosimga boykot e'lon qilishdi.

"Bu qarorni hurmat qila olmayman. Sportda va hayotda g'alaba qozonish muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bazida mardonavor mag'lub bo'lishni ham bilish kerak. Bu mening lahzalarim edi - boshqalarniki qanday bo'lganini bilmayman.

Ular marosimda bo'lishni istashmadi. Men esa men uchun qarsak chalgan barchaning yonida bo'lishni xohladim. Bu fantastik onlar edi", - dedi Rodri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Rest Is Football