Rodri Madrid faxriy medali bilan taqdirlandi

Sherzod Nurmatov
16 may 2025
Ispaniya milliy terma jamoasi va "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Madrid rahnamosi – aziz San-Isidro tasviri tushirilgan faxriy medalga sazovor bo'ldi.

Taqdirlash marosimi poytaxt meri Xose Luis Martines-Almeyda rahbarligida o'tkazildi. Unda turli hokimiyat organlari vakillari va jamoat arboblari ishtirok etdi.

Marosimda ishtirok eta olmagan Rodri videomurojaat yubordi. U medalni qo'lga kiritganidan faxrlanishini bildirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS