Rodri: "Arsenal"dan qasos olishimiz kerak"

Alisher Ostonov
21 sen 2025
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Premer-ligada "Arsenal"ga qarshi kechadigan o'yinga izoh berdi.

Ispaniyalik futbolchi fevral oyidagi o'yin uchun "kanonirlar"dan o'ch olmoqchi. O'shanda londonliklar "shaharliklar"ni 5:1 hisobida mag'lub etgandi.

"Endi biz "Arsenal"dan o'ch olishimiz kerak. Biz o'shanda noqulay ahvolga tushib qolgan edik, ular bundan foydalanib qolishdi. Ha, biz endi fevral oyidagi jamoa emasligimizni his qilmoqchimiz. Ularni o'z stadionida mag'lub etishga harakat qilamiz", - dedi Rodri.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Sky Sports