Robin van Persi mashg'ulotlar vaqtida tizzasidan jarohat oldi
Narzulla Saydullayev
22 may 2014, 15:00
Manchester Yunayted hujumchisi Robin van Persi Braziliyadagi mundialni o'tkazib yuborishi mumkin, deydi L`Equipe nashri.
30 yoshli futbolchi Gollandiya terma jamoasi safidagi mashg'ulot vaqtida jarohat olgan. Jarohat qanchalik og'ir ekanligi haqida hech qanday ma'lumot yo'q.