Robin van Persi: "Har doim Vengerni futboldagi otam sifatida ko'raman"

Tolibjon Qosimov
20 apr 2018
"Arsenal" sobiq hujumchisi Robin van Persi Arsen Vengerning mavsum oxirida "Arsenal" bosh murabbiyligidan kyetishi haqida gapirib o'tdi.

"Arsen, menga ko'p yillar davomida bo'lgan ishonchingiz uchun rahmat. Siz o'zgacha inson va eng yaxshi murabbiysiz. Men har doim sizni futboldagi otam sifatida ko'rganman. Sizning qo'l ostingizda inson va futbolchi sifatida o'sdim. Buning uchun hamisha minnatdorman va sizga eng yaxshi tilaklarni tilab qolaman", - deb yozdi van Persi o'zining tvitterdagi sahifasida.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Persie_Official