Robertson: “Sovringa ega chiqmasang, rekordlaring hech qanday ahamiyat kasb etmaydi”

14 yanv 2020, 01:07
“Liverpul” himoyachisi Endryu Roberston klubi tomonidan o'rnatilayotgan rekordlar haqida gapirdi.

“Rekordlar hech qanday ahamiyatga ega emas. Agar qandaydir marrani zabt etsak, bu yaxshi albatta. Ammo har qanday marra sovrin bilan o'lchanadi.

O'tgan mavsumda biz “quruq” uchrashuvlar o'tkazish borasida rekord o'rnatdik, ammo yakunda Premer ligada bosh sovrindan quruq qoldik. O'ylaymanki, bu yil unday bo'lmaydi.

Premer liga – judayam qiyin birinchilik. Tashqaridan biz osonlik bilan g'alaba qozonayotgandek ko'rinishi mumkin, ammo, ishoning, bu unday emas. G'alaba qozonishni istaydigan har qanday jamoa bilan o'ynash qiyin. Mag'lubiyatsiz seriya qancha ko'p davom etgan sari sizni mag'lub etishni shuncha ko'proq istashadi. Biz muddatidan oldin chempionlikni bayram qilmaymiz. Faqatgina g'olib chiqqan uchrashuvimizni nishonlashimiz mumkin. Shu taxlit davom etaversa, may oyida chempionlikni tantana qilishimiz mumkin” deya Robertsonning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda klub rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Ливерпуль" клуби расмий сайти