Roberto Soldado: "Men har doim bir mavsumda 20dan ortiq gol urishga intilganman"

Narzulla Saydullayev
15 avg 2013, 17:20
"Tottenxem" hujumchisiga aylangan Roberto Soldado, boshlanajak mavsumda 20dan ortiq gol kiritmoqchi ekanini aytib o'tdi.
"Men har doim bir mavsumda 20dan ortiq gol urishga harakat qilib kelganman. Har safar buning uddasidan chiqqanman ham. Bu mavsumda ham birinchi kundan gol urishni boshlash uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Maqsadim - gollarim sonini 20tadan oshirish. Albatta, bu mening jamoadoshlarimning yordamisiz bo'lmaydi", deya uning so'zlaridan ITV iqtibos keltirmoqda.

Takidlash kerakki, Soldado "Valensiya" tarkibida uch mavsum to'p surdi va har birida 20tadan ortiq golga muallifdik qildi. U o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 30ta gol kiritishni uddaladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net