

"De Bryuyne YCHL finalida jarohat olganidan keyin g'alati bo'lib ketdim. Kevin faqatgina jiddiy jarohat olsagina maydonda yotishi mumkin. U shunday katta o'yinlarda qatnashish uchun ter to'kadi. Afsuski, u o'yinni oxirigacha o'tkaza olmadi.
Kevinni dunyoning eng yaxshi pleymeykeri deb hisoblayman. U o'yinni o'qiy oladi va bo'sh xududlarni topadi. U har yili "Oltin to'p"ga davogar bo'lishi kerak", - dedi Martines.



