Roberto Martines: “Angliya ustidan erishilgan g'alaba men uchun ajoyib sovg'a bo'ldi”

Aslanov Jasurbek
16 noya 2020
Belgiya terma jamoasi ustozi Roberto Martines Millatlar Ligasi 5-turida Angliya ustidan qozonilgan g'alabadan (2:0) so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bu mening Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyligidagi 50-o'yinimga ajoyib sovg'a bo'ldi. O'yinni juda yaxshi boshladik, biroq ikkinchi bo'limda qiyinchiliklar paydo bo'ldi. Sen ikkita gol urar ekansan, keyin futbol o'ynash yana ham qiyinlashadi. Endi esa chorshanba kuni uch ochko olishimiz uchun yana bir sinovni engib o'tishimiz kerak bo'ladi”, - deydi Martines.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA