Roberto Manchini: "Yigitlar fantastik, boshqa yana nima deyishni ham bilmayman"

Alisher
12 iyul 2021, 08:38
Italiya terma jamoasi ustozi Roberto Manchini Angliyaga qarshi Evro-2020 finalidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Yigitlar yaxshi o'ynashdi. Biz juda tez o'tkazib yubordik va o'zimizga qiyinchilikni olib keldik. Ammo, biz shundan so'ng maydonda ustunlik qildik. Yigitlar fantastik, yana boshqa nima deyishni ham bilmayman.

Bu g'alaba xalq va muxlislar uchun muhimdir. Biz g'alabali o'yinda yaxshi o'ynaganimizdan baxtlimiz. Umid qilamanki, muxlislar hozirda bayram qilishmoqda", - deydi Manchini.

Qayd etish kerakki, Roberto Manchini JCH-2018dagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng jamoani qabul qilib olgandi va u "moviy gvardiya" bilan ilk bor katta musobaqada g'olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RAI Sport