Roberto Manchini: “Manchester Siti” – Angliyaning eng yaxshi jamoalaridan biri, chunki uni men shakllantirdim”

22 yanv 2014, 17:20
“Galatasaroy” klubi bosh murabbiyi Roberto Manchini “Manchester Siti”da amalga oshirgan ishlari xususida to'xtalib o'tdi.

“Manchester Siti” Angliyaning eng yaxshi klublari qatorida ekanligidan xursandman, chunki uni men shakllantirdim.

Fikrimcha, Pellegrini o'z vazifasini a'lo darajada bajarayapti, biroq ayni paytda “Manchester Siti” erishayotgan natija uch yil oldingi mehnatim samarasi. Ular oldin ham shunday ajoyib o'ynashgan.

Hozir gol urib turgan o'yinchilar - Aguero, Jeko, Yaya Ture, David Silvani men sotib olganman.

Manchestyerda amalga oshirgan ishlarimdan mamnunman, u yerda ajoyib tajriba orttirdim. “Man Siti” muxlislaridan ham minnatdorman, ularni qattiq hurmat qilaman.

Men ajoyib jamoani shakllantirdim va biz birgalikda chiroyli futbol namoyish etdik. O'tgan mavsum g'alabaga erisha olmaganimizning sababi, “Manchester Yunayted” Robin van Persini sotib olganida”, - deydi Manchini.


Manba: sports.ru