Roberto Karlos: “Zeedorfning yaxshi murabbiy bo'lishiga shubha qilmayman”

11 fev 2014, 16:15
Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Roberto Karlos “Milan” klubining yangi bosh murabbiyi Klarens Zeedorf haqida iliq fikr bildirib o'tdi.

- Zeedorfning yaxshi murabbiy bo'lishiga shubha qilmayman. U futbolchilar orasida ham yetakchi edi. Kaka menga Klarens shogirdlari bilan yaxshi kelishishini aytgandi, ammo men buni avvaldan bilardim. Zeedorfning atrofidagi muhit unga jamoani yaxshi boshqarishiga yordam beradi, - Roberto Karlosning so'zlarini keltiradi "La Gazzetta dello Sport".


Manba: football.kulichki.net