“Biz kutgan voqealar yuz berdi. Iroqni o'rganib chiqdik. Raqib biz kutgachalik qarshilik ko'rsatdi. Ammo mening shogirdlarim ham yaxshi o'ynashdi. Qirg'iziston Yaponiyani 6:2 hisobida mag'lub etganini eshitdim. Demak ertaga Qirg'izistonga qarshi qiyin o'yin kutib turibdi”, - deydi Varela.
- Kechagi mag'lubiyatdan so'ng shogirdlaringiz sizni qanchalik hayron qoldira olishdi?
- Bugun juda yaxshi o'ynadik. Yoki bugun yoki hech qachon degan shior bilan maydonga tushdik. Jamoam uchun katta xursandman.
- Yaponiya terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqa olmagani murabbiy sifatida sizni hayron qoldirdimi?
- Migel Rodrigoni juda yaxshi bilaman. U bilan tanishmiz. Maydonda raqib bo'lsak ham hayotda yaqin do'stmiz. Albatta uning uchun xafaman. Undan ko'p narsa o'rganganman. Barchaning oldida Rodrigoga rahmat aytaman. Ammo tablodagi hisob Qirg'iziston kuchli o'ynaganini ko'rsatib turibdi.
- Ertangi o'yindan oldin Avstraliya favoritmi?
- Biz Iroqni 5:3 hisobida mag'lub etdik, Qirg'iziston esa Yaponiyani 6:2 hisobida taslim qildi. Buning o'zi ham musobaqada reyting yoki favoritlar rol o'ynamayotganini anglatadi. Ertaga finalga teng o'yin bo'ladi. Finalda favorit bo'lmaydi. Uchrashuv 0:0 hisobi bilan boshlanadi, kim ertaga yaxshiroq o'ynasagina o'sha jamoa yutadi. Reyting tarixda qoladi, ertaga esa yangi tarix yaratiladi.