Rizo Inoyati: "Osiyo o'yinlarida o'yin amaliyoti kam futbolchilarga imkon beramiz"

Mirjalol Normatov
12 sen 2023, 21:40
U-23 Osiyo kubogi saralashining 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Eron (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Rizo Inoyati matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- O'zbekiston terma jamoasini tabriklayman. Raqib ko'p imkoniyatlardan foydalandi. Rejalarimizning bazilari o'xshadi, bazilari o'xshamadi.

- Bugun jamoa durangga rozi bo'lib o'ynagandek taassurot qoldirdi...

- Bugungi durang ikkala jamoa uchun ham yaxshi bo'lardi. Afsuski, bugun raqib jamoa ustun keldi. 

- Osiyo o'yinlari uchun tayyorgarlik qanday kechadi?

- Osiyo o'yinlarida o'yin amaliyoti kamroq taqdim etilgan o'yinchilarga imkoniyat bermoqchimiz. Shunnigdek, ushbu tarkibga kiritilmagan boshqa o'yinchilarga ham imkon beramiz. Xitoyga maksimal tayyorgarlik bilan boramiz.

- Osiyo o'yinlarida 23 yoshdan katta bo'lgan uch nafar futbolchi chaqirish imkoniyatingiz bor. Bundan foydalanasizmi?

- To'g'ri ta'kidlab o'tdingiz, bizda shunday imkoniyat bor. Biroq Eron chempionatidagi tig'iz taqvim sababli 23 yoshdan katta futbolchilardan ikkitasini tarkibga chaqiramiz.

- Shogirdlaringiz ikkinchi qavatda yaxshi o'ynadi, shunga qaramay, mag'lubiyatga uchradi...

- Bu futbol. Barcha rejalarimiz amalga oshmadi. Barcha maksimal formada maydonga tushgandi. Ammo ko'rsatmalarni to'liq bajara olishmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia