Rivaldo Neymar qanday qilib "Barselona"ga qaytishiga ko'rsatma berdi

27 iyun 2019, 20:15
"Barselona" klubining sobiq yarim himoyachisi Rivaldo hamyurti Neymarning Kataloniyaga qaytishi mumkinligi borasida fikr bildirdi.

"U "Barselona" muxlislari oldida kechirim so'rashi va ushbu klubda o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsata olishini tan olishi kerak. Agar Neymar bu ishni qilsa, muxlislar xursandchilik bilan uni qabul qilishadi. "Barsa"da haqiqatan ham eng yorqin o'yinlarini o'tkazgan va muhim musobaqada g'olib bo'lgan. Bazan ikki yoki uch qadam odimlash uchun bir qadam orqaga tashlab turish kerak", - deydi Rivaldo.  



Avvalroq, Neymar "Barselona"dagi sheriklariga qaytayotganligini ma'lum qilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: en.as.com