Rivaldo: "Messiga "Oltin to'p"ni yutishda hech kim halaqit qila olmaydi"

Aslanov Jasurbek
3 may 2019, 11:59
"Barselona" va Braziliya sobiq futbolchisi Rivaldo Kataloniya klubi forvardi Lionel Messining joriy mavsumdagi o'yini haqida to'xtaldi.

Bir kun kelib "Barselona"da Messiga o'xshagan yana bir futbolchi paydo bo'ladi deb o'ylamayman. Hozir u shak-shubhasiz dunyoning eng yaxshi futbolchisi. To'g'risini aytsam, shaxsiy sovrinlar yutishda unga hech kim halaqit bera olmaydi. Endi may keldi, u esa "Oltin to'p" va FIFAning yil futbolchisi sovrinini yutmoqchi" - deydi Rivaldo.

Messi joriy mavsum LaLiganing 32ta uchrashuvida maydonga tushib, 34ta gol urdi va 13ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca