Rivaldo: "Holand "Oltin to'p"ga da'vogar bo'ladi, chunki u yirik sovrinlar uchun kurashadi"

Оқил Абдубарноев
13 may 2022, 19:25
Braziliyalik sobiq futbolchi Rivaldo "Manchester Siti"ga o'tgan Erling Holandni "Oltin to'p"ga da'vogar sifatida ko'rmoqda.

"Borussiya Dortmund"dagi ikki mavsumdan so'ng "Siti" hujumida ajoyib qurol bo'ladigan bu yosh futbolchining mahoratiga shubha yo'q.

Holand Chempionlar ligasida tajribaga ega, Bundesligada ko'plab gollar urgan va chempionlik uchun kurashish istagi katta, shuning uchun uning "Siti" bilan hamkorligi muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin.

Uning tezligi, hujumni yakunlashi va kuchli zarbasi ingliz futboliga juda mos tushadi. O'ylaymanki, Holand ko'p yillar davomida Premer-liganing eng yaxshi to'purarlaridan biri bo'lib qoladi va shu bois ham “Oltin to'p”ga jiddiy da'vogar bo'ladi, chunki u ham Premer-liga, ham Chempionlar ligasida g'olib chiqish uchun kurashadi”, - dedi 1999 yilgi "Oltin to'p" sohibi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Manchester Evening News