Rivaldo futbolchilik faoliyatini davom ettirmoqchi

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2015, 11:10
Braziliya terma jamoasi bilan 2002 yilda jahon chempioniga aylangan futbolchi, "Bunyodkor" sobiq hujumchisi Rivaldo futbolchilik faoliyatini davom ettirmoqchi.

U bu haqda "Instagramm"da ma'lum qildi.

"Moji-Mirin safida to'p tepishga qaror qildim. Klub rahbari bo'lganim uchun o'ynashga qaror qildim deya olmayman. Professional sifatida to'p tepmay qo'yganimga 15 oy bo'ldi, ammo tizzam yaxshi. Jamoaning bazi o'yinlarida yordam bera olaman, lekin hammasini mashg'ulotlar hal qiladi" - deydi Rivaldo.

Rivalda Braziliyaning B Seriyada ishtirok etuvchi "Moji-Mirin" klubining prezidenti hisoblanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com