Risharlison: "Van Deyk dunyoning eng kuchli himoyachisi emas"

Alisher
19 iyun 2020, 14:08
"Everton" hujumchisi "Liverpul" himoyachisidan ko'ra kuchliroq uch futbolchilarni biladi.

"Everton" forvardi Risharlison Virjil Van Deykni ajoyib futbolchi deb hisoblaydi, ammo dunyodagi eng zo'ri emas.

"Odamlar Virjil haqida ko'p gapirishadi. Ha, u ajoyib himoyachi, ammo men allaqachon uni aldaganman", - deydi Risharlison.

"U dunyoning eng kuchli 3 himoyachisidan biridir, u ajoyib mavsum o'tkazdi, ammo men uchun boshqa himoyachilar kuchliroqdir".

Undan eng kuchli 3 himoyachini so'rashganda, futbolchi Serxio Ramos, Markinos va Tiago Silvalarni ta'kidladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Desimpedidos