Risharlison: "Liverpul" Chempionlar Ligasinini yutishini xohlamayman"

Narzulla Saydullayev
17 fev 2022, 23:20
Futbolchi buni ochiqchasiga tan oldi.

"Everton" klubi hujumchisi Risharlison "Liverpul" YCHLda g'alaba qozonishini istamasligi haqida gapirdi.

"Angliya haqida gapiradigan bo'lsam, "Liverpul" YCHLda g'alaba qozonmasligini xohlardim. Bu sizga yoqadimi, yo'qmi - biz raqiblarmiz. Shu tufayli ular g'alaba qozonishini istamaymiz. "Liverpul" muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda bizni mazax qilishni juda yaxshi ko'rishadi. Shuning uchun ham, agar mendan so'rasangiz, "Liverpul" g'alaba qozonmasligini tanlagan bo'lardim", -deydi Risharlison.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: TNT Sport