Risharlison "Everton"ning muammosi nimada ekanini ochiqladi

Sherzod Nurmatov
17 sen 2022, 21:32
"Tottenxem" hujumchisi Risharlison nima uchun "Everton"ni tark etishga qaror qilganini aytdi.

Futbolchining so'zlariga ko'ra, bunday qarorni qabul qilishi qiyin kechgan, chunki u klub bilan mustahkam aloqaga ega edi.

"Men "Everton"da baxtli edim va u yerda o'rganganlarim uchun minnatdorman. Bu tarixga ega katta klub. "Everton"da motivaciya, o'yinlar va sovrinlarni yutish istagi bilan bog'liq muammolar bo'lgan bo'lsa kerak.

Men bu jamoada to'rt yil o'tkazdim va tushundimki, u yerda sovrinlargacha hali ancha bor ekanligini angladim. Oldinga intilish vaqti keldi deb o'yladim, klub esa aynan pul ishlab olmoqchi edi", – dedi u.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com