Rimliklar Finnbogason uchun kurashishadi

Narzulla Saydullayev
21 noya 2013, 12:42
La Gazzetta Dello Sport xabarlariga ko'ra, "Xerenven"ning islandiyalik hujumchisi Alfred Finnbogason uchun Rimning "Roma" va "Lacio" klublari kurash olib borishadi.
Har bir klub 24 yoshli futbolchi uchun 7 million evro atrofida to'lashga tayyor ekanini bildirgan. Ushbu mavsumda Finnbogason 11 o'yinda maydonga tushib, 14 golga mualliflik qilishga ulgurgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net