Rikardo Rodriges “Milan”da qolmoqchi emas

Shveytsariyalik klubini almashtirish istagida.

Transfer huquqi “Milan”ga tegishli bo'lgan Rikardo Rodriges Bundesligaga qaytishni istamoqda. Milanliklar 27 yoshli himoyachini 5 mln evro evaziga sotishga tayyor. Uning xizmatlariga “Gerta” va “Xoffenxaym”dan qiziqish bor.

Rodriges 2019/20 yilgi mavsumning yarmini PSV safida ijara asosida o'tkazdi. U Eyndxoven klubi safida Niderlandiya chempionatining 6 ta o'yinida qatnashdi, xolos.


Manba: Twitter/NicolaSchira