Rikardino dunyoning eng yaxshi futzalchisi, Igita eng yaxshi darvozabon

Narzulla Saydullayev
20 may 2016, 17:38
Jahonga mashhur Futsalplanet.com sayti ananaviy tarzda o'tgan yilning eng yaxshilarini aniqladi.

Ovoz berish yakunlariga ko'ra 2015 yilda dunyoning eng yaxshi futzalchisi deb portugaliyalik Rikardino tan olindi. Aynan shu o'yinchi kuzda O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'ynashi kutilmoqda. Ispaniya terma jamoasi a'zosi Miguelin ikkinchi, braziliyalik Gadeia uchinchi bo'ldi.

Asli braziliyalik Qozog'iston terma jamoasi a'zosi Igita o'tgan yil Jahonning eng yaxshi darvozabon deb topildi. O'tgan yilning eng yaxshi terma jamoasi Ispaniya bo'ldi. Qozog'iston termasi kuchli uchlikka kirganini takidlash lozim. Bundan tashqari Qozog'istonning "Qayrat" klubi 2015 yil eng yaxshi klublar orasiga kirdi.

Quyida barcha g'oliblar bilani tanishing:

Nominaciya

1-o'rin

2-o'rin

3-o'rin

Eng yaxshi futzalchi

Rikardino (Portugaliya)

Miguelin (Ispaniya)

Gadeia (Braziliya)

Eng yaxshi darvozabon

Igita (Qozog'iston)

Pako Antolin (Ispaniya)

Stefano Mammarella (Italiya)

Eng yaxshi murabbiyi

Xose Lopez Yerro (Ispaniya)

Kakau (“Qayrat”, Qozog'iston)

Serjino (Braziliya)

Eng yaxshi terma jamoa

Ispaniya

Braziliya

Qozog'iston

Eng yaxshi klub murabbiyi  

Xesus Texada

(“Inter Movistar”,

Ispaniya)

Kakau (“Qayrat”,

Qozog'iston)

Kaka (“Gazprom Ugra”, Rossiya)

Eng yaxshi klub

“Inter Movistar”

(Ispaniya)

“Qayrat” (Qozog'iston)

“Karlos Barboza” (Braziliya)

Eng yaxshi yosh

futzalchi

Adolfo Fernandez

(“Marfil Santa Koloma”,

Ispaniya)

Emilio Moreno (“Xaen

Paraiso Interior”, Ispaniya)

Dener Rodrigo da Silva

(“Karlos Barboza”, Braziliya)

Eng yaxshi ayol

futzalchi

Amandinya (Braziliya)

Vanessa Kristina

Pereyra (Braziliya)

Vanessa Sotelo Kuintela

(Ispaniya)

Eng yaxshi hakam

Alessandro Malfer

(Italiya)

Gabor Kovach (Vengriya)

Mark Brikett (Angliya)

Eng yaxshi ayol

darvozabon

Belen de Una Marco

(Ispaniya)

Ana Katarina Silva

Pereyra (Portugaliya)

Patrisiya Moraesh Faria “Giga”

(Braziliya)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia