Riccoli - Evro-2016ning eng yaxshi hakami

Italiyalik Nikola Riccoli Evro-2016 musobaqasining eng yaxshi hakami deb topildi.
Julio Kampanati nomidagi sovrinni topshirish marosimi Italiya va Germaniya o'rtasidagi o'yindan oldin bo'lib o'tadi. Bu uchrashuv 15 noyabr kuni San-Siro stadionida o'tkaziladi.

Evro-2016da Riccoli 4ta o'yinda ishlagandi. Ular orasida yarim finaldan o'rin olgan Fransiya va Germaniya (2:0) o'rtasidagi o'yin ham bor.

Riccoli JCH-2014ning ham eng yaxshi hakami bo'lgandi.

Manba: football-italia.net