Riberi YTHga uchrab, 7 kunga safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
1 mar 2022
"Salernitana" xavbeki Frank Riberi yo'l-transport hodisasiga uchradi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 38 yoshli fransiyalik futbolchi boshidan kichik jarohat olgan. Shu sababli u 7 kunni maydonning tashqarisida o'tkazib yuboradi.

Shu orqali uning A Seriyada "Inter"ga qarshi o'yinda ishtirok etmasligi aniq bo'ldi.

Ushbu mavsumda Frank Italiya chempionatida 16 o'yinda qatnashib, 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal