Riberi yangi klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
1 sen 2021, 08:23
Erkin agent maqomidagi yarim himoyachi Frank Riberi Italiya chempionatiga qaytadi.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, 38 yoshli fransiyalik futbolchi "Verona" bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

Riberi hozirda "Bavariya" bilan shug'ullanmoqda. U myunxenliklar bilan sakkiz karra Germaniya chempioni, olti karra Germaniya Kubogi va bir bor CHL g'olibiga aylangan.

U so'nggi ikki mavsumda "Fiorentina" sharafini himoya qildi. Frank o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio