Riberi: "Yana 1-2 yil to'p tepib "Bavariya"ga qaytaman"

7 may 2019, 20:50
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi yozda Myunxen klubini tark etishi, lekin keyin jamoaga qaytmoqchiligini ma'lum qildi.

"Oldimda bir nechta variantlar bor, ammo keyingi mavsum nima bo'lishini aytishga juda erta. Lekin, aniq nimadir sodir bo'ladi. 1 yoki 2 yil o'ynaganimdan so'ng, "Bavariya"ga qaytaman. Bu 100 foiz aniq. Biz klubi prezidenti Uli Xyonnes va bosh direktor Karl-Xaync Rummeninge bilan suhbatlashdik. 

Lekin, o'zingiz ham bilasiz ikki yilda ko'p narsalar o'zgarib ketishi mumkin. Shuning uchun birinchi navbatda Myunxenga qaytishim zarur, keyin ko'ramiz", - deya Riberining so'zlarini keltiradi Sky Sports nashri. 

Qayd etish kerak, 36 yoshli Riberi 2007 yildan beri "Bavariya" safida o'ynab kelayotgandi. Bu davr mobaynida u 8 karra Germaniya chempioni va 1 marta YCHL g'olibi bo'ldi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports