

34 yoshli futbolchi "Bayonna" klubiga o'yin licenziyasi olish uchun 33-35 ming evro atrofida pul to'lagan. Bu voqea 2010 yil sodir bo'lgan va uni agent Kristoff Xatto o'z kitobida yozgan.
"Bayonna" boshqaruv qo'mitasi raisi Jan-Per Meynard klub Riberidan shuncha pul olganini tasdiqladi.
"Frank ukasining qonuniy shartnomasini to'lab berdi va 33-35 ming evro atrofida pul o'tkazdi. Kengash a'zolaridan biri Kapbretoneda Riberi bilan uchrashdi, o'sha paytda Frank tibbiy ko'rikdan o'tayotgandi. Shartnoma shu tarzda imzolangan" - deydi Meynard.
30 yoshli Fransua Riberi bor-yo'g'i 3ta uchrashuv o'tkazgan.



