Riberi mashg'ulotlarga qaytdi

6 mar 2020, 22:59
"Fiorentina" yarim himoyachisi Frank Riberi noyabr oyida orttirib olgan jarohatidan tuzalgani holda umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.

"Football Italia" nashri xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi yaqin uchrashuvlarda maydonga tushirilmaydi, Riberi mashg'ulotlar davomida sport formasini tiklash bilan mashg'ul bo'ladi.

Ma'lumot uchun, Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 11 o'yinda ishtirok etgan 36 yoshli yarim himoyachi o'z hisobiga ikkitadan gol va samarali uzatma yozdirib qo'yishni uddaladi.

Italiya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia