Riberi: "Luka Toni Jahon chempionatiga borishini istayman"
Narzulla Saydullayev
22 fev 2014, 10:20
"Bavariya" yetakchisi Frank Riberi "Verona" hujumchisi Luka Toni Italiya terma jamoasi safida JCH-2014ga borishi kerakligini aytdi.
"Toni - ajoyib hujumchi va qoyilmaqom inson, maydonda ham uning tashqarisida ham. U - ekspert va hozirga qadar shunday. "Verona" futbolchilari undan ko'p narsani o'rganishmoqda. Luka nasib qilsa Braziliyada ko'rishamiz".