Riberi: "Bavariya" asosiy tarkibidagi joyimni yo'qotishdan qo'rqmayman"

Aslanov Jasurbek
12 dek 2017, 11:11
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi Myunxen klubida asosiy tarkibga kirmay qolishdan qo'rqmayapti.

Bu joyni Kingsli Koman egallab olishi mumkin.

"Tarkibdagi joyimni yo'qotishdan qo'rqmayman, chunki o'zimning o'yin sifatlarimni yaxshi taklif qila olaman. Faoliyatim davomida ko'p ishlarni qildim va buni davom ettirishim mumkin.

Kingsli - yaxshi yigit, u o'sib bormoqda. Mavsum uzoq, bizga ko'p futbolchilar kerak, chunki har uch kundan maydonga tushyapmiz. Ammo Yupp Xaynkes rotaciyani juda yaxshi amalga oshirmoqda" - deydi Riberi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L`Equipe