Riberi: "38 yoshimgacha futbol o'ynamoqchiman"

Aslanov Jasurbek
18 sen 2018, 18:39
"Bavariya"ning 35 yoshli yarim himoyachisi Frank Riberi futbolchilik faoliyatini qachongacha davom ettirmoqchiligi haqida aytdi.

"38 yoshimgacha futbol o'ynamoqchiman. Buni tasavvur qila olaman. "Bavariya" - mening oilam, faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng klubga qaytishim mumkin. Niko Kovach bilan munosabatlarim yaxshi, u meni chetga olib vaziyatni tushuntiradi, hech qanday muammo yo'q. U menga qancha o'yin vaqti berish kerakligini biladi" - deydi Riberi.

Joriy mavsum Riberi Bundesliganing 2ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker