“Reynjers” bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

Aslanov Jasurbek
26 okt 2017
Shotlandiyaning nomdor va sovrindor klublaridan biri “Glazgo Reynjers” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Kayshinyani iste'foga chiqardi.

Portugaliyalik bu mutaxassisning iste'fosi haqidagi xabarlar anchadan beri gap-so'z bo'lib yurgandi. Jamoaning Shotlandiya kubogidagi chiqib kyetishi rahbariyatning yakuniy qarorni chiqarishiga sabab bo'ldi.

Glazgoliklar yarim final uchrashuvida “Mazeruell” jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Kayshinya shu yilning mart oyida “Reynjers” bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Jamoa o'shandan beri o'tkazilgan 26 ta o'yindan 14 tasidagiga g'alaba qozona oldi.


46 yoshli portugaliyalik mutaxassisning yordamchilari Pedru Malta va Joze Belman ham jamoani tark etishdi. Shotlandiya chempionatining o'ninchi turidan so'ng “Reynjers” 4-o'rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam “Seltik”dan 8 ochkoga ortda qolmoqda. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: