Mazkur musobaqada Toshkent shahri sharafini “Paxtakor” futbol maktabining 1999 yilda tug'ilgan futbolchilari himoya qilishdi.
Bugun o'tkazilgan final uchrashuvida Toshkent jamoasi musobaqa mezboni Namanganni 2:0 hisobida mag'lub etib, chempion nomiga sazovor bo'ldi. Oxirgi o'yinda Rustam Qurbonboev shogirdlari 2:0 hisobida zafar quchishdi va har ikkala gol Doniyor Azizov tomonidan kiritildi.
Musobaqa yakunida odatga binoan g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o'tkazildi. Chempionat yakunlariga ko'ra, “Paxtakor-99” futbolchisi Asqarov Bobur “Eng yaxshi yarim himoyachi” deb topildi.