Reshfordning MYUdagi maoshi qancha bo'lishi aniq

Mirjalol Normatov
30 iyun 2019, 10:34
"Manchester Yunayted" o'z hujumchisi Markus Reshford bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, tomonlar 2023 yilga qadar bo'lgan shartnomaga imzo chekishadi. Shartnomada futbolchining yillik maoshi 13 million funtgacha ko'tariladi. Shuningdek, 2,6 million funt esa bonuslar tarzida taqdim qilinishi mumkin.

Hozirda futbolchining MYUdagi yillik maoshi 9 million funtga teng edi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph