Reshfordga MYU sobiq futbolchilarining tanqidlari yoqmayapti

Aslanov Jasurbek
14 sen 2024, 14:13
Markus Reshford "Manchester Yunayted" sobiq futbolchilarining tanqidlaridan xafa bo'lyapti.

Bu haqda futbolchining atrofidagilar ma'lum qilishdi.

"Boshqa birov pas berishda xato qilsa bu haqida gapirishmaydi, ammo buni Markus qilsa hammaning og'zi ishga tushib ketadi. U tomon bo'layotgan tanqidlar - bu hujumdir. Bu zaharlash. Muxlislar sobiq futbolchilarga ishonishadi va bu narsa vaziyatni yanada yomonlashtiradi.

Klub markaziy hujumchilarga 100 mln. funt sarfladi, Markus esa qanotda o'ynaydi. Biroq markaziy hujumchi vazifasini ham bajaradi. Vaziyatlar golga aylanmasligi uning aybi emas" - dedi Reshford yaqinlaridan biri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: i газетаси