Reshford "Barselona"ga o'tish uchun 3 klub taklifini rad qildi

Mirjalol Normatov
31 yanv 2025, 23:51
Markus Reshford "Barselona"ga o'tishni istamoqda.

"Manchester Yunayted" hujumchisi bu yo'lda bir qancha klublar, shu jumladan, "Tottenxem"ning ham taklifiga rad javobini bergan.

Oldinroq tarqalgan ma'lumotlarga qaraganda, Reshford Kataloniya klubiga mavsum yakuniga qadar ijaraga beriladi, biroq buning uchun "Barselona" ikki futbolchisini sotib yuborishi kerak bo'ladi.

"Barselona" Reshfordni tarkibiga qo'shib olish uchun uning haftalik 375 ming funt maoshini ham to'lashga tayyorligini bildirgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal