Renatu Sanshesh - "Golden Boy" sovrini g'olibi

Aslanov Jasurbek
24 okt 2016, 12:52
"Bavariya" va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Renatu Sanshesh Italiyaning "Tuttosport" nashri tomonidan topshiriladigan "Golden Boy" sovrini sohibiga aylandi.

"Benfika" sobiq yarim himoyachisi 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Oltin to'p uchun kurashda Markus Rashford va Kingsli Komanni ortda qoldirdi.

Ananaga ko'ra ovoz berishda nufuzli nashrlarning 30 jurnalisti ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia