"Arsenal" futbolchisi Aaron Remsi "Vest Bromvich"ga qarshi o'yindan so'ng Olive Jiruning safga qaytayotganligidan xursandligini aytib o'tdi.
"Uning safga qaytganidan xursandmiz. Olive to'pni o'zida yaxshi ushlay oladi. Shuningdek, u xavfli hujumlarimizni tashkil etishda ham faol. Shu sababli, uning safga qaytishi jamoamiz uchun yoqimli", - deydi Remsi.